“Yo‘ldosh” mavzesi hududidagi yog‘och uylar buzilishi rejalashtirilgandi. Poytaxt hokimligi huzuridagi Toshkent Invest kompaniyasi mavzeda zamonaviy daraxtzor barpo etish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Yog‘och uylarda yashayotgan aholi “Yo‘ldosh” mavzesidan 1,5 km uzoqlikdagi “Gulshonobod” mahallasiga ko‘chiriladi.
AJ shaklida Toshkent shahar hokimligi va biznes o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi rejalashtirilgan “Toshkent invest” davlat kompaniyasi tashkil etilmoqda. U tadbirkorlar bilan birgalikda poytaxt infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya Toshkent taraqqiyot jamg‘armasini ham boshqaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting